Andijon Davlat
Universiteti
“InnoX” biznes inkubatori loyihasi boʻyicha davra suhbati o'tkazildi
2024-05-27    359

Bugun, 27-may kuni Andijon davlat universitetida iqtidorli talaba-yoshlarning loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Andijon yoshlar texnoparki mutaxassislari hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.

Ochiq muloqot avvalida Andijon yoshlar texnoparki rahbari Sh.Gʻulomov g‘oya, loyiha, innovatsiya tushunchalari, Startap loyihalarni joriy qilish, ishlab chiqarish hamda tadbirkorlik faoliyatini samarali yurgazish bo'yicha ishtirokchilarga ma'lumotlar berdi. Shuningdek, “Andijon yoshlar texnoparki”da tashkil etilgan o‘quv kurslarida loyiha qatnashchilari o‘z biznes loyihalarini rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha bepul tahsil olish imkoniyatiga ega ekanligini tushuntirib o‘tdi.

Suhbat davomida texnopark mutaxassislari turli yo‘nalishlardagi g‘oya, loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha ma’lumotlar berdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.