Andijon Davlat
Universiteti
Hurmatli boburshunos olimlar, ustozlar va tadqiqotchilar
2024-05-27    358

Xalqaro boburshunoslik ilmiy-elektron platformasining 1-bosqichi muvaffaqiyatli yakunlanib, 2-bosqich ishlari Fond tomonidan davom ettirilmoqda va ayni paytda platforma baburid.uz domenida faoliyat koʻrsatmoqda.

Hozirda platformaning akademiklik darajasini oshirish maqsadida boburshunoslik sohasiga doir ensiklopedik maqolalar boʻlimi tashkil etilgan boʻlib, ushbu boʻlimga yetuk olimlar tomonidan nashr etilgan maqolalarni joylash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur boʻlimni boyitish maqsadida Siz azizlarning muallifligingizdagi hazrati Bobur podshoh va boburiylar faoliyatiga doir har qanday mavzudagi ilmiy maqolalaringizni yuborishingizni soʻrab qolamiz.

Talablar:
♦ Chop etilgan maqolaning PDF va VORD shakllari yuborilishi kerak.
♦ Chop etilgan manbasi va muallifning maʼlumotlari, (bogʻlanish raqamlari) ish joyi toʻliq aks etishi lozim.
♦ Joʻnatilgan maqolalar tahririyat tomonidan saralanib, platformaga joylanadi. Bu orqali boburshunoslik sohasi rivojiga oʻz hissangizni qoʻshasiz, degan umiddamiz.

Telegram: +998(91)6010535
E-mail: boburfond@mail.ru

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.