Andijon Davlat
Universiteti
Iqtidorli talabalarning "Ilhom jilolari" nomli ijodiy ishlar ko'rgazmasi o'tkazildi
2024-05-24    355

Bugun, 24-may kuni Andijon davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Pedagogika va san'atshunoslik fakultetining iqtidorli talabalari Gulmiraxon Abdukaxxorova hamda Muqadasoy Nasriddinovalarning "Ilhom jilolari" nomli ijodiy ishlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

Ijodiy ko'rgazmada yosh ijodkorlarning turli yo'nalishda chizgan 100 dan ortiq tasviriy san'at asarlari namoyish etilib, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasi hamda tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan isteʼdodlarga munosib baho berildi.

Ko'rgazma doirasida ijodkor talaba-qizlarimizning faoliyatlari e'tirof etilib, universitet rahbariyatining tashakkurnomalari va esdalik sovg'alari topshirildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.