Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda "Akademik va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi
2024-05-24    307

Bugun, 24-may kuni Andijon davlat universitetida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalar yaratish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari ishtirokida “Akademik va yoshlar” uchrashuvi o'tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari, Sirojiddin Zaynobiddinov, Bobomurod Ahmedov, Sa'dulla Bahromov, Qahramon Davronov, Andijon viloyati oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o'qituvchilar, doktorantlar, yosh olimlari, iqtidorli talabalari va magistrantlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda so'z olgan olimlar oʻzlarining ilmiy va amaliy faoliyati, akademik darajasigacha yetib kelishdagi mashaqqatlari va mehnatlari haqida soʻzlab, bugungi kunda yosh olimlar, tadqiqotchi va iqtidorli talabalarni zamonaviy bilimlarni egallashda yaratilayotgan qulayliklar va ilm sohasidagi imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari ilm-fan sohasida malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda qoʻshayotgan fidokorona hissasi, koʻp yillik samarali va halol mehnatlari hamda Andijon davlat universiteti bilan hamkorligi uchun universitet rektori A.Yuldashev tomonidan esdalik sovg'alari tantanali topshirildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.