Andijon Davlat
Universiteti
Professor-o'qituvchilarimiz Italiyaning Politecnico di Torino universitetida malaka oshirmoqda
2024-05-22    492

Ayni kunlarda Andijon davlat universitetining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi a’zolaridan professor R.Aliyev va tayanch doktorantlar N.Abbosova, A.Eraliyevlar "Erasmus+" dasturi doirasida "DEBSEUz" loyihasining joriy yilda rejalashtirilgan topshiriqlarni bajarish va malakalarini oshirish maqsadida Italiyaning Politecnico di Torino universitetida bo'lib turibdi.

Uchrashuv bir qator ish paketlari bo‘yicha quyidagi:
- loyiha koordinatsiyasi va boshqaruvi;
- ma’lumotlar to‘plash va xodimlarning malakasini oshirish;
- laboratoriya va markazlarni tashkil etish;
- loyihani targ‘ib etish va boshqa turli masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi.

Shuningdek, o'rganishlar davomida delegatsiya a'zolari soha olimlari va mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan loyiha koordinatsiyasi va boshqaruvi bo'yicha ma’lumotlar to‘plash va xodimlarning malakasini oshirish, laboratoriya va markazlarni tashkil etish, loyihani targ‘ib etish va boshqa turli yo'nalishlardagi mahorat darslari hamda seminar mashg'ulotlarida o'z bilimlarini mustahkamlamoqda.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.