Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida "Kutubxonachilar kuni" keng nishonlandi
2024-05-21    430

Andijon davlat universitetida 21-may – “Kutubxonachilar kuni” munosabati bilan ''Ma'rifat ulashib'' loyihasi doirasida oliygoh professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlarida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kitoblar ko‘rgazmasi” tashkil etildi.

Tadbir avvalida, universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev sana munosabati bilan oliygoh axborot-resurs markazining barcha ishchi-xodimlarini samimiy tabriklab, eng faol kutubxonachilarga esdalik sovg'alarini topshirdi.

Ko'rgazmada ishtirokchilar uchun "Retro adabiyotlar", "Turkiy adabiyoti durdonalari", "Jadid namoyondalari", "Yangi badiiy adabiyotlar" mavzularida ikki mingdan ziyod adabiyotlar havola qilindi.

Tadbir doirasida, axborot-resurs markazi xizmatlaridan faol foydalangan eng faol kitobxon talaba-yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.