Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA TURSUNOY SODIQOVA TAVALLUDINING 80 YILLIGIGA BAG’ISHLANGAN ADABIY KECHASI BO‘LIB O‘TDI
2024-05-21    351

Bugun, 21-may kuni Andijon davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida adiblar, yozuvchi va shoirlar ishtirokida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, el suygan shoira Tursunoy Sodiqova tavalludining 80 yilligiga bag'ishlangan tantanali adabiy-badiiy kecha o'tkazildi.

Tadbir avvalida Bosh Vazir o'rinbosari Zulayho Mahkamova o'zining samimiy tilaklari bilan adabiy-badiiy kechani tantanali ochib berdi.

Tadbir davomida so'z olgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, senator Minhojiddin Mirzo, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Jamila Shermuhamedova, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon viloyati bo'limi raisi Xurshida Vahobjon qizi, Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev, yozuvchi, shoirlar, adabiyotshunos olimlar Tursunoy Sodiqovaning mashaqqatli va mazmunli hayot yo‘li, ijodi, she’riy to’plamlari haqida batafsil fikrlar bildirdilar.

Tantanali bayram tadbirida iqtidorli talabalar ijrosida shoiraning yuksak ijodiy mahoratlarini o'zida namoyon etgan go'zal she'rlari, maqom ansambli tomonidan ijro etilgan qo'shiqlar ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.