Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev o'ziga biriktirilgan yoshlar bilan kelgusida individual ishlash, ularni muammolarini aniqlab, manzilli hal etish maqsadida, bugun 20-may kuni Qo’rg’ontepa tumanidagi Mustaqillik, Mustaqillikning 15 yilligi, Mirzo Ulug'bek MFY da istiqomat qilayotgan yoshlar universitetga taklif qilindi.
Universitet rektori shaxsan o'zi yoshlarni kutib olib, universitetda mavjud fakultetlar, o'quv va ma'ruza auditoriyalari, laboratoriya xonalari, universitetda faoliyat yuritayotgan muzeylar, shuningdek, axborot-resurs markazlari bilan yaqindan tanishtirdi.
Shundan so'ng, oliygoh rahbari oʻziga biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi. Samimiy suhbatda yoshlarning kelajakdagi rejalari, ularni qiynayotgan muammolari tinglanib, bildirilgan masalalar, muammo va takliflar bo'yicha bajarilishi lozim bo'lgan kerakli vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuv so'nggida universitet oshxonasida birinchi prorektor bilan bir dasturxon ustida birgalikda tushlik tashkil qilindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI