Andijon Davlat
Universiteti
Ta'lim sifatini oshirish va korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda
2024-05-20    335

Bugun, 20-may kuni Andijon davlat universitetida Ta’lim sifatini nazorat qilish hamda Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo'limlari hamkorligida oliygohda ta'lim sifatini oshirish va korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan sirtqi ta'lim yo'nalishi talabalari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda bo'lim boshliqlari tomonidan soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiya holatlarini oldini olish va unga qarshi kurashish, universitetda ta'lim standartlariga muvofiq professor-o'qituvchi va talabalarni bilimlarini o'rganib boorish va tahlil qilish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berdi.

Shuningdek, ta'lim sifatini oshirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, zamonaviy fikrlaydigan, o'z ustida doim ishlaydigan, fidoiy o'qituvchilarni tayyorlash, talabalarni korrupsiyasiz ta’limga da’vat etish, turli ko'rinishdagi noxush holatlarning oldini olish, barcha talabalarga nazoratlar paytida turli xil korrupsion holatlarga yo’l qo’yilmasligi oldindan ogohlantirib o’tildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.