Bugun, 18-may kuni Andijon davlat universitetida Odam fiziologiyasi va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi tomonidan “Odam fiziologiyasi va hayot faoliyati xavfsizligi fanlarining dolzarb muammolari, innovatsiya va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.
Xalqoro anjumanning ochilish marosimida universitet O'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov ishtirok etib, olimning ilmiy faoliyati va ijodi haqidagi fikrlari bilan tadbirni ochib berdi.
Anjumanda soʻzga chiqqan olimlar, professor-o'qituvchilar hamda tadqiqotchilarning “Odam fiziologiyasi va XFX kafedrasi tarixi”, “Fiziologiya fanining xozirgi kun dolzarb masalalari”, “Jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini aniqlashni zamoniviy uslublari” “O’smir yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi” mavzularidagi ma'ruzalari tinglandi va yakunda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan xulosa va takliflar asosida savol-javoblar tashkil etildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI