Andijon Davlat
Universiteti
"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Shekspir tavalludiga bag’ishlangan tadbir o‘tkazildi
2024-05-17    393

Bugun, 17-may kuni Andijon davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Fakultetlararo chet tillar ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda iqtidorli talabalar tomonidan tillar festivali va Uilyam Shekspir tavalludiga bag’ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

 

Tantanali tadbirda universitet birinchi prorektori Xurshidbek Xodjamberdiyev so'z olib, Shekspirni ingliz dramaturgi, shoir, aktyor va dunyoning eng mashhur dramaturg bo'lganligi bo'yicha ma'lumotlar berib, tadbirni ochib berdi.

 

Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan Shekspir hayoti va ijodi bo'yicha ma'lumotlar, sahna ko'rinishlari, monologlar yuksak mahorat bilan ijro etildi.

 

Tadbir so'nggida faol ishtirok etgan tashkilotchilar universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.