Bugun, 17-may kuni Andijon davlat universitetida Umumiy pedagogika kafedrasi tomonidan “Zamonaviy dunyo ta’limi: yangi davr muammolari – yangi yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.
Unda Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, shuningdek, respublikaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Anjumanda uzluksiz ta’limni modernizatsiyalash: muammolar, yechimlar, yangicha yondashuvlar, ta'lim sifatini oshirishning innovatsion usullari vositasida shaxs dunyoqarashini rivojlantirish, ta'lim muassasalarini boshqarishni takomillashtirishda umumkasbiy fanlarni o'qitishda raqamli pedagogika yutuqlaridan foydalanish va inklyuziv ta’lim sharoitida alohida e’tiborga muhtoj bolalar bilan ishlash jarayonida o‘qituvchi mas’uliyati va madaniyati kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, anjumanda so'z olgan olimlar, professor-o'qituvchilar hamda ilmiy-ijodiy faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilarning “Bugungi mas’uliyatli talaba – ertangi mas’uliyatli pedagog”, “Модернизация непрерывного экологического образавония”, “Верификация и трансформация научных знаний в условиях технологизации образования” “Talabalarda siyosiy madaniyatni shakllantirish ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida” mavzularidagi ma'ruzalari tinglandi va yakunda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan xulosa va takliflar asosida savol-javoblar tashkil etildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI