Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi
2024-05-15    317

Bugun, 15-may kuni Andijon davlat universitetida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan "Lisoniy meros va tilshunoslik taraqqiyoti" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.

Xalqaro anjumanni universitet rektori, biologiya fanlari doktori, professor Akramjon Yuldashev kirish so’zi bilan tantanali ochib berdi.

Anjumanda so‘zga chiqqan olimlar, professor-o'qituvchilar hamda ilmiy-ijodiy faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilarning "O'zbekistonda til siyosati va uning o'zbek lug'atchiligi rivojiga tasiri", "Lug'atshunoslikning bir tarmog'i", "O'zbek tili tarixi ustqurmasi" mavzularidagi ma'ruzalari tinglandi va yakunda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan xulosa va takliflar asosida savol-javoblar tashkil etildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.