Bugun, 15-may kuni Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar o'rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhit sog'lomligini ta'minlash maqsadida oliygoh talabalari ishtirokida "Islom - ma'rifat dini", “Ma'rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” mavzularida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda universitet birinchi prorektori X.Xodjamberdiyev, "Uygʻur" jome masjidi bosh imom hatibi A.Ortiqov hamda Andijon viloyati din ishlari bo'yicha mutaxassis F.Muhitdinovalar tomonidan yoshlar ongida Vatanimizga bo‘lgan muhabbat, qadimiy boy tariximizga, o‘z dinimizga sadoqat tuyg‘ularini yanada shakllantirish, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalari bo'yicha tushunchalar berildi.
Uchrashuv yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI