Bugun, 15-may kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida ta’lim sohasi va boshqa sohalarda yosh mutaxassislarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida maʼlumotlar berish va ularning bandligini taʼminlash maqsadida oliygohning bitiruvchilari uchun ishga joylashish va “Karyera kuni-2024” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Dastlab, universitetning faolllar zalida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda tashkilot rahbarlarining mavjud bo'sh ish o'rinlari bo'yicha taqdimoti tinglandi.
Tadbir davomida kafedralar tomonidan “Ta’lim ko‘rgazmasi” tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning erishgan yutuqlari, ilmiy tadqiqotlar natijalari, o‘quv qo‘llanmalar namoyish etildi.
Uchrashuvdan so'ng, tashkil etilgan mehnat yarmarkasida ish beruvchi tashkilot va korxona rahbarlari talabalar bilan bevosita suhbat o‘tkazib, o‘zlariga zarur bo‘lgan kadrlarni ishga tanlab olish va o‘zaro manfaatli shartnomalarni rasmiylashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI