Bugun, 14-may kuni Andijon davlat universitetiga "Ochiq eshiklar kuni" munosabati bilan Andijon tumani Bo'taqara MFYda joylashgan 8 ta umumta'lim maktablarining bitiruvchi o'quvchilari tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida universitet o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov bitiruvchi yoshlar bilan uchrashib, ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, mutaxassisliklar bo'yicha qabul kvotalari va oliygohda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bo'yicha batafsil tushunchalar berdi.
Shundan so'ng, universitet mas'ullari tomonidan oliygoh fakultetlari, o'quv va ma'ruza auditoriyalari, laboratoriya xonalari, universitetda faoliyat yuritayotgan muzeylar, shuningdek, axborot resurs markazlari yaqindan tanishtirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI