Andijon Davlat
Universiteti
Sport musobaqalarining g'oliblari munosib taqdirlandi
2024-05-08    147

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 6-7-may kunlari Andijon davlat universitetida Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi tashabbusi bilan professor-o'qituvchilar hamda talabalar o'rtasida sportning voleybol, basketbol, badminton, stol tennis, futbol turlari bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

 

Bugun, 8-may kuni ushbu musobaqaning g'olib va sovrindor bo'lgan jamoalarni tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi. Tadbir avvalida ishtirokchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yuksak ehtirom bilan ijro etildi.

Tantanali tadbirda universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev so'z olib, sport o'yinlarida ishtirok etgan barcha qatnashchilarga o'zining samimiy tilaklarini bildirdi va g'oliblarga diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg'alarini topshirdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.