Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda "Ikkinchi jahon urushi xotiralarda" mavzusida rasmlar ko‘rik tanlovi o'tkazildi
2024-05-08    124

Ajdodlarimizning fashizm ustidan qozonilgan gʻalabasining 79 yilligi hamda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Ikkinchi jahon urushi xotiralarda" shiori ostida Andijon davlat universiteti talabalari o'rtasida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirokchilar jahon urushida millatimizning tutgan roli va ahamiyati, yutuq va marralari, shafqatsiz va ayanchli oqibatlari aks etgan suratlarni o'z asarlarida ifoda etdi va hayʼat aʼzolari tomonidan ijodkor talabalar quyidagicha baholandi:

1-oʻrinni - Pedagogika va san'atshunoslik fakulteti talabasi Xojimatov Adhamjon;
2-oʻrinni - Pedagogika va san'atshunoslik fakulteti talabasi Odilova Vasilaxon;
3-oʻrin - Ushbu fakultetning 1-bosqich talabasi Boburbek Mamadaliyev egalladi.

Tanlov yakunida gʻoliblar universitet rahbariyatining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.