Andijon Davlat
Universiteti
FAKULTETDA MAHORAT DARSLARI
2018-05-07    4148

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda fakultetda yosh mutaxassislarning, talaba yoshlarning ilmiy faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, talabalarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida O‘zR FA Fizika-texnika instituti “Fizika-Quyosh” IIChBdan taniqli olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdulaziz Vaxitovich Karimov amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish uchun tashrif buyurdi.

Fakultetning yosh mutaxassislari, magistrlari, bitiruvchi kurs talabalari, iqtidorli talabalar bilan prof. A.V.Karimov uchrashuvi tashkil qilindi va unda katta hayotiy tajribaga ega, ilm sohasida mashaqqatli yo‘l bosib o‘tgan olimning ilmiy faoliyat borasidagi fikr-mulohazalari va hayotiy tajribalari haqida ma’lumot berildi, “Zamonaviy elektronikaning dolzarb muammolari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

O‘zR FA Fizika-texnika instituti  va fizika-matematika fakulteti bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzildi. Hamkorlik shartnomasidan maqsad fakultetdagi yosh mutaxassislar, magistrlar va iqtidorli talabalarning ilm-fan va ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va bunda ularning mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan fakultet va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. 

Hamkorlik asosida fakultetdagi Fizika kafedrasi hamkorligini maqsadli hamda tizimli yo‘lga qo‘yish,  iqtidorli talabalar guruhini alohida shakllantirish, ilmiy-tadqiqot institut tomonidan kafedra faoliyatini va imkoniyatini o‘rganish natijasida kafedrani har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi maqsadli hamkorlik rejasini tuzish, institut olimlari tomonidan fakultetda dars jarayonlarini kuzatish va tahlil etish natijasida fakultetda  aniqlangan ilmiy bo‘shliqlarni to‘ldirish va metodik yordam berishga kelishib olindi.

Madaminjon MAHKAMOV
Fizika-matematika fakulteti dekani
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.