Bugun, 4-may kuni Andijon davlat universitetida Ta’lim sifatini nazorat qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo'limlari hamkorligida sirtqi ta'lim yo'nalishi talabalariga ta'lim sifatini oshirish va korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda bo'lim boshliqlari Dilshodbek Nurmatov va Yoqubjon Narmuxamedovlar tomonidan ta'lim sifatini oshirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, zamonaviy fikrlaydigan, o'z ustida doim ishlaydigan, fidoiy o'qituvchilarni tayyorlash, oliy ta'lim tizimida korrupsiyaning ko'rinishlari, oqibatlari, talabalarning sifatli ta'lim olishi, kelajagi uchun maqsad qo'yib, bu maqsadga erishish uchun harakat qilishi kerakligini ta'kidlab, korrupsion holatlarni oldini olish bo'yicha aniq ko'rsatmalar berildi.
Shuningdek, mas'ullar bitiruvchi bosqich talabalariga yakuniy davlat attestatsiyalarini o'tkazish tartibi, muddatlari bo'yicha tushunchalar berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI