Andijon Davlat
Universiteti
"Ijodkor va Yoshlar uchrashuvi": ochiq muloqot dildan suhbat
2024-05-03    332

Talabalarni kitob mutolaasiga jalb qilish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida bugun, 3-may kuni Andijon davlat universitetida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon viloyat raisi Xurshida Vahobjon qizi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

 

 

Ochiq va samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda taniqli yozuvchi, shoir, adabiyotshunos olim Muhammad Ali Ahmedovning ibratli, shu bilan birga mashaqqatli va mazmunli hayot yo‘li, ijodi, she’riy to’plamlari, tarjimalari haqida batafsil so‘z bordi.

 

Badiiy kechada talabalarning ham fikrlari, ijod namunalari tinglandi va adabiyotshunos olim va ijodkorga universitet rektorining esdalik sovg’alari topshirildi.

 

Tadbir yakunida universitetda iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan tashkil etilgan ijodiy ishlar ko'rgazmasi hamda Qatag’on qurbonlari muzeyi bo‘ylab sayohat qilindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.