Andijon Davlat
Universiteti
“Yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish” mavzusida uchrashuv o'tkazildi
2024-05-02    484

Bugun, 2-may kuni Andijon davlat universitetida Andijon vilayati ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamkorligida “Yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda universitet birinchi prorektori Xurshidbek Xodjamberdiyev so'z olib, yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar, ularni oqibatlari, kelib chiqish sabablari, jinoyatchilikka moyilligi bor yoshlar bilan ishlashda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan talabalarga jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishda eng muhim jihatlar, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni mustahkamlash, har qanday salbiy xarakter ildiz otmasligi uchun zudlik bilan korreksion tarbiyaviy ishlarni olib borish zarurligini tushuntirdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.