Andijon Davlat
Universiteti
Qirg'izistonning Jalolobod universiteti bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi
2024-05-01    321

Joriy yilning 30-aprel kuni universitetlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod davlat universitetidan ikki nafar dotsent sakkiz nafar talaba-yoshlar Andijon davlat universitetiga malaka oshirish maqsadida tashrif buyurdilar.

Dastlab, mehmonlar ta'lim muassasasida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv va maʼruza zallari, laboratoriya xonalari hamda axborot resurs markazi bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikrlar almashildi va kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Shundan so'ng, talabalar ikki kun mobaynida o'zlarining yo'nalishi bo'yicha dars mashg'ulotlarini kuzatib, o'zlariga kerakli ma'lumotlar olib, turli metod va malakalarga ega bo‘ldilar.

Tashrif so'nggida mehmonlarga universitet rahbariyatining esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.