Andijon Davlat
Universiteti
Hulkaroy Arziqulovaning “Ustoz-shogird” anʼanalariga asoslangan ijodiy ishlar ko'rgazmasi o'tkazildi
2024-05-01    120

Bugun, 1-may kuni Andijon davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida rassom va ijodkor, tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yoʻnalishi talabasi Hulkaroy Arziqulovaning “Ustoz-shogird” anʼanalariga asoslangan “Ona yurt manzaralari” deb nomlangan ijodiy ishlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

 

Haqiqiy sanʼat bayramiga aylanib ketgan tadbirni universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev ochib berdi. Iqtidor egasi Hulkaroy Arziqulova tomonidan yaratilgan san'at asarlari universitet rektori hamda mutaxassislar tomonidan yuksak baholandi.



Tadbir doirasida Andijon davlat universiteti hamda Marhamat tumanidagi 26-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Tadbir so'nggida o'zining ijodiy ishlari bilan “Amaliy va tasviriy sanʼat haftaligi”da faol ishtirok etgan isteʼdodli talabalar universitet rektori tomonidan esdalik sovg'alari bilan munosib taqdirlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.