Joriy yilning 29-aprel kuni Andijon davlat universitetiga xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida Turkiyaning Erzurum shahrida joylashgan Ataturk universiteti professori, filologiga fanlari doktori Huseyin Baydemir tashrif buyurdi.
Dastlab, universitetning kichik majlislar zalida professor Huseyin Baydemir boshchiligida Filologiya fakultetining professor-o'qituvchilari, Folklorshunoslik yo‘nalishi doktorantlari va magistratura talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, uchrashuvda professor "Folklorshunoslikning zamonaviy tadqiqi" mavzusida ma'ruza mashg'ulotlarini olib bordi.
Tashrif doirasida ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, birgalikda turli ilmiy loyiha va konferensiyalar tashkil etish yuzasidan fikrlar almashildi va kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Tashrif so'nggida professor Huseyin Baydemirga universitet rahbariyatining esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI