Andijon Davlat
Universiteti
Muhammad Yusuf tavalludiga bag'ishlangan tantanali bayram tadbiri o'tkazildi
2024-04-26    127

Bugun, 26-aprel kuni Andijon shahridagi Muhammad Yusuf maydonida el suygan ijodkor, O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi hamkorligida ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ochib berdi va o'z nutqida ijodkorning yuksak mahorati, insoniylik va yurtga, xalqiga muhabbbat tuyg'ulari jo bo'lgan asarlari haqida so'z yurutib, bugungi kunda ushbu go'zal bitiklarning yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg'ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Tantanali bayram tadbirida Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida prorektor, dekan va talabalar ham ishtirok etdi.

Bayram tadbirida iqtidorli talabalar va havaskor yoshlar tomonidan shoir ijodidan namunalar, shuningdek, ijodkorga bag'ishlangan she'rlar o'qildi, she'rlari asosida kuyga aylangan go'zal qo'shiqlar xirgoyi qilindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.