Andijon Davlat
Universiteti
"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida adiblar bilan uchrashuv hamda adabiy kecha tashkil etildi
2024-04-25    230

Bugun, 25-aprel kuni Andijon davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Andijon farzandi, shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan adiblar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

 

Tadbirga respublikamizning shoir va adiblari, jumladan, Minhojiddin Mirzajonovich Hojimatov, Ibrohim G'ofurov va Foziljon Farhodlar tashrif buyurdi. Tantanali bayram tadbirini universitetimiz rektori, professor Akramjon Yuldashev ochib berdi.

 

Tadbirda so'z olgan adiblar, jumladan, Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari Minhojiddin Hojimatov, yozuvchi, tarjimon va olim Ibrohim G'ofurovlar nutqida shoir Muhammad yusuf ijodining ko'p qirrali ekani, asarlaridagi yuksak badiiyat va soddalik, shoirning hayot va ijod yo'llari haqida samimiy fikrlar bildirdilar.

Tantanali bayram tadbirida iqtidorli talabalar ijrosida shoirning yuksak ijodiy mahoratlarini o'zida namoyon etgan go'zal she'rlar, qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi.

 

Universitetimizda tashkil etilgan mana shunday adabiy kechalar talabalarda kitobga, badiiy adabiyotga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini oshirishga hamda xalqimizning o'chmas ijodiy merosining chinakam mualliflari bo'lmish elimiz suygan, ardoqli adiblar bilan tanishish va suhbatlashish imkoniyatini yaratishga samarali xizmat qiladi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.