Andijon Davlat
Universiteti
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi
2024-04-25    868

Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning sifat tarkibini yaxshilash, tadqiqotchilarni qo’llab-quvvatlash hamda ularning izlanishlari davomida yuzaga kelayotgan muammolarini o’rganish, ularga yechim topish, kerakli tavsiyalarni berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Yusupov Ahmadbek Tadjiyevich xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo'lib turibdi.

Bugun, 25-aprel kuni Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Tadjiyevich Andijon davlat universitetiga tashrif buyurib, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalaridagi ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.

Uchrashuvda Ahmadbek Yusupov oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashdagi yaratilayotgan imkoniyatlar bo’yicha ma’lumotlar berib, tadqiqotchilarning dissertatsiya ishlari himoya jarayoni bilan bog’liq savollarga javob berdi. Turli masalalar doirasida falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) ilmiy darajalari va ilmiy unvonlar talabgorlariga ilmiy daraja va ilmiy unvon olish bo’yicha tegishli talab bandlari yuzasidan tushuntirishlar berdi, bu borada va himoyaga chiqish jarayonlarida izlanuvchilarni qiynab kelayotgan muammolar, ilmiy izlanishlar davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan suniy to’siqlar haqida tadqiqotchilar fikrlarini tingladi.

Shundan so’ng, ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilar ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning sifat tarkibini yaxshilash, sohada kutilayotgan yangiliklar va muammolar, ularni yechishga oid o’z takliflarini berib, kerakli ma’lmuotlarga ega bo’ldilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.