Andijon Davlat
Universiteti
"O'zbekistonda uchinchi renessans va innovatsion jarayonlar" mavzusida xalqaro anjuman o'tkazildi
2024-04-24    393

Bugun, 24-aprel kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida "O'zbekistonda uchinchi renessans va innovatsion jarayonlar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman bo'lib o'tdi.

Unda O'zFa akademigi S.Zaynobidinov, Kimyo kafedrasi professori, Xalq tabobati akademiyasi prezidenti I.Asqarov, Oliy Majlis Senati senatori T.Madumarov, RFA akademigi G.Voropaev va boshqa olim, tadqiqotchilar o'z ma'ruzalari ishtirok etdi.

Anjumanni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev o'z nutqi bilan ochib berdi. Shundan so'ng, ishtirokchilar mavzuga oid ma'ruzalari bilan davom etdi.

Anjumanda so'z olgan ma'ruzachilar fan sohalarida amalga oshirayotgan yangiliklar, ixtirolar haqida to'xtalib, metallooksidlar asosidagi elektron qurilmalar ishlab chiqarish istiqbollari, O'zbekistonda yaratilgan tovarlar kimyosi va xalq tabobati fanlari hamda ularning dunyo ilm-fani rivojlanishida tutgan o'rni va boshqa shu kabi dolzarb mavzular ko'tarildi.

Anjuman doirasida ishtirokchilar e'tiboriga havola etilgan ma'ruzalar professor, olim va tadqiqotchilar tomonidan muhokama etilib, savol-javoblar tashkil etildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.