Bugun, 26-aprel Andijon davlat universitetida Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan universitet professor-o'qituvchilari va ishchi xodimlari uchun "28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" munosabati bilan "Mehnat sohasida asosiy prinsiplar va normalarga rioya etish masalalari" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Unda Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish Bandlik bosh boshqarmasi inspektori I.Mamadaliyev, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi huquq inspektori X.Usmonov, Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassisi D.Qayumov, universitet professor-o'qituvchilari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
Seminar davomida soha vakillari tomonidan xodimlarga mehnat muhofazasida qanday huquq va majburiyatlarga ega ekanliklari, ish beruvchiga qo‘yiladigan talablar birma-bir aytib o‘tilib, ish joyida yuzaga keladigan zararli omillardan o‘zini qanday himoyalash mumkinligi misollar bilan tushuntirildi.
Uchrashuv so'nggida ishtirokchilarga sohaga oid ijtimoiy videorolik namoyish etildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI