Andijon Davlat
Universiteti
Talabalar o'rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o'tkazish va tashkil etishga qaratilgan o'quv seminari o'tkazildi
2024-04-22    541

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi "O'zbekiston — 2030" strategiyasini "Yоshlаr va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-37-son Fаrmоni 1-ilovasi 88.2-bandida belgilangan topshiriqning ijrosini ta'minlash maqsadida, bugun, 22-aprel kuni Andijon davlat universitetida Andijon viloyati talabalar sport Assotsiatsiya boshqarmasi hamkorligida oliygohimiz tyutorlari uchun Talabalar o'rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o'tkazish va to'g'ri tashkil etishga qaratilgan o'quv seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda birinchi prorektor X.Xodjamberdiyev, Sport klubi raisi Y.Katlov hamda Andijon viloyati talabalar sport Assotsiatsiya raisining birinchi o'rinbosari E.Qodirovlar 11 ta yosh toifasida, jumladan, talabalar o'rtasida jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlarida ishtirok etish uchun ariza topshirish, musobaqada qatnashish yo'riqnomalari va nizomi bilan tanishtirdi.

Uchrashuv davomida mazkur musobaqada ishtirok etishda aholi, xususan, talaba-yoshlar qamrovini oshirish bo'yicha so'z yuritildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.