2-kurs zoologiya yo`nalishi talabalari Farg‘ona o‘rmon xo‘jaligiga qarashli Yozyovon cho‘llari davlat tabiat yodgorligida bo‘lib qaytishdi. Bu yodgorlik 142 gektar maydonni egallab, doimiy qo‘riqxona rejimida ish olib boradi.
Ushbu tabiiy yodgorlikning asosiy vazifasi qumli cho‘llar landshaftini va uning muhim xususiyatlarini saqlab qolishga, boyitish, hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilishga qaratilgan bo‘lib, ularni kelgusi avlodga o‘zgartirmasdan tabiiy xolda yetkazishdan iborat.
Bu yerlarda asosan kserofit formatsiya shakllangan bo‘lib, saksovul, qandim, cherkez, quyonsuyak, oq jingil, efemer va efemeroidlar, sho‘rlangan yerlarda esa, yulg‘unlar uchraydi.
Amaliyot paytida har-xil yoshdagi chayonlarni ushlashga muvofiq bo‘lindi; yuguron qo‘ng‘izlar, so‘zanaklar, kapalaklar, qalqondorlar bo‘yicha materiallar to‘plandi.
Yumalok boshlar, kaltakesaklar, qum bo‘g‘ma iloni, toshbaqa, echkemar, cho‘l agamasi;
Qushlardan ko‘k qarg‘a, so‘fito‘rg‘ay, dala chumchug‘i, zag‘izg‘on, sor;
Sut emizuvchilardan quloqdor tipratikan, korsak tulkisi, sassiq qo‘zan, qum sichqon uchrashi qayd etildi. Ulardan reptiliyalarning turlari son jihatdan eng ko‘p ekanligi aniqlandi.
Talabalar tabiiy “Etalon xudud” sifatida 1994 yildan buyon saqlanib kelinayotgan Yozyovon tabiat yodgorligi bilan tanishib, tabiiy xolda o‘sayotgan o‘simliklar va hayvonlar turlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar va katta ta’surotlar bilan qaytishdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI