Sohibqiron tavallud topgan kun mamlakatimizda har yili ko'tarinki ruhda keng nishonlanadi. Bu yil ham ulug' sarkarda tavalludining 688 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari, ilmiy anjuman va seminarlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun, 9-aprel kuni Andijon davlat universitetida professor-o'qituvchilar, tadqiqotchi va talabalar ishtirokida “Amir Temur va temuriylar davri tarixi yangi tadqiqotlarda” mavzusida ilmiy anjuman boʻlib oʻtdi.
Anjumanni universitet birinchi prorektori X.Xodjamberdiyev ochib berdi. Shundan so'ng, ma'ruzachilar Amir Temur va temuriylarning dunyo taraqqiyotiga qoʻshgan beqiyos hissasi, sarkardaning mardlik, jasorat, adolat, sadoqat hamda vatanparvarlik kabi eʼtirofli va ezgu fazilatlari mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat bilan uygʻun ekanligi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Anjuman davomida “Amir Temur yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi” shiori ostida universitetimizda o'tkazilgan turli tanlovlar, sport musobaqalari, onlayn soʻrovnolar, fleshmoblarda faxrli o'rinlarni egallagan sovrindor talabalar universitet rahbariyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI