Qonun bilan davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga bunday yordam koʻrsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini taʼminlash tartibini belgilashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Jumladan:
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra:
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan vakolatli mansabdor shaxs yoki sud maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning iltimosiga koʻra, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishda ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
Bunda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran unga ishga kirishish uchun kamida 4 soat vaqt berilishi kerak.
Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, sud daʼvogarning yoki javobgarning iltimosiga koʻra, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Batafsil: https://lex.uz/docs/6819721
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI