Andijon Davlat
Universiteti
NARXI QANCHA MEHRNI AYTING…
2018-05-05    4586

2018 yil 4 may kuni 9 may - “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Tarix fakulteti jamoasi “Narxi qancha mexrni ayting...” aksiyasi doirasida Andijon shahridagi Qariyalar uyida tadbir o‘tkazildi.

Andijon davlat universiteti tarix fakulteti jamoasi tomonidan  9 may - “Xotira va qadrlash kuni” ni munosib nishonlash, viloyatdagi mehribonlik, sahovat uylari tarbiyalanuvchilari va universitetda uzoq yillar ishlab xozirda nafaqada o‘tirgan fahriylar xolidan xabar olishni keng yo‘lga qo‘yish maqsadida “Narxi qancha mexrni ayting...” aksiyasi tashkil etilgan.

2018 yil 4 may kuni 9 may - “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Tarix fakulteti jamoasi “Narxi qancha mexrni ayting...” aksiyasi doirasida Andijon shahridagi Qariyalar uyida tadbir o‘tkazdi. Tadbirda fakultet dekani R.Shamsitdinov, fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi b.t. raisi M.Radjapova, professor-o‘qituvchilar hamda fakultetning faol talabalar ishtirok etdi. Tadbirga tayyorgarlik jarayonlari mart oyida boshlanib, butun fakultet pedagog-xodimlari va talabalari o‘z xissalarini qo‘shdi. Tadbir g‘oyasi O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Radjapova tomonidan ishlab chiqilib, fakultet dekani R.Shamsitdinov barcha jarayonlarda qo‘llab –quvvatlab bordi.

Mexribonlik uyida istiqomat qiluvchi qariyalarga fakultet jamoasi nomidan, shoxmot, shashka, narda sport jixozlari jamlamasi, turli kitoblar sovg‘a sifatida tarqatildi. Bundan tashqari tadbirda dasturxon tashkil etilib, osh tortildi. Mehribonlik uyida 89 nafar keksa otaxon-onaxonlar istiqomat qilib, ulardan 21  nafari yurish qobiliyatini yo‘qotganlar ekan. Ularga o‘z xonalariga chiqilib esdalik sovg‘alari va osh tarqatildi.

Tadbirda   fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy, va madaniy tadbir tashkil etilib, turli kuy qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi.

Mexribonlik uyi rahbariyati, u yerda yashovchilar  universitet rahbariyati va jamoasiga, ayniqsa  tarix fakulteti jamoasiga ko‘rsatilgan e’tibordan hursand ekanliklarini e’tirof etib, jamoaga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib duo qilindi.

Iqboljon DJUMABOEV
Tarix fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.