Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, jismoniy shaxs pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini toʻla hajmda qanoatlantirishga yoki soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmasa, sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.
Soliq kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv jarayonida yuzaga keladigan barcha turdagi joriy soliq toʻlovlarini toʻlash, sud ajrimi asosida joriy etilgan sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddatida toʻxtatib turiladi. (bundan mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar boʻyicha olingan daromadlar soligʻi, shuningdek ijtimoiy soliq mustasno).
Bu holda sud sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining yoki tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlagan va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqargan sanadan eʼtiboran mazkur soliq qarzlari 6 oy ichida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlanadi. Shuningdek, bankrot deb topilgan qarzdor yuridik va jismoniy shaxslarning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini sotishdan tushgan mablagʻlarining qarzni toʻlashga yoʻnaltirilgan qismi daromad sifatida hisobga olinmasligi belgilandi.
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, sud boshqaruvchisi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish jarayonida oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi uchun daʼvo arizalar hamda boshqa arizalar bilan davlat bojini toʻlamasdan sudga murojaat qilishi mumkin boʻldi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Batafsil: https://lex.uz/docs/6809366
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI