Andijon Davlat
Universiteti
"Ma'rifat maydoni" Respublika ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi
2024-04-04    319

Bugun, 4-aprel kuni Andijon davlat universitetida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talaba-yoshlar orasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ’ib qilish, yoshlarimizni adabiyotga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida o'tkazilayotgan “Ma’rifat maydoni” Respublika ko’rik tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Tanlovda viloyatimizdagi 5 ta davlat oliy ta'lim muassasalarining saralangan jamoalari ishtirok etdi va 3 ta shart bo'yicha bellashdilar. Jumladan,
1-shart — tanishtiruv (adib hayotini yoritib berish);
2-shart — savol-javob;
3-shart — sahna ko'rinishi.

Tanlovning so'nggi natijalariga ko'ra quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritdilar:
1-o'rin - Andijon davlat tibbiyoy instituti jamoasi;
2-o'rin - Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi;
3-o'rinni - Andijon davlat universiteti jamoasi egalladi.

G'olib bo'lgan jamoalarni samimiy qutlab, kelgusi bosqichlarda omad tilaymiz.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.