Andijon Davlat
Universiteti
XOTIRA TURNIRI
2018-05-05    3813

Andijon Davlvt Universiteti, Fizika-matematika fakultetida “9 may xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan fizika-matematika fanlari doktori A.Mullajonov xotirasiga bag‘ishlangan futbol bo‘yicha xotira turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada fizika-matematika fakultetining yo‘nalishlaridan 14 ta jamoa ishtirok etdi. O‘yinlar Play-off usulida amalga oshirildi. Musobaqaning finaliga Kasb ta’limi (informatika axborot texnologiyalari) yo‘nalishining 2 kurs talabalari hamda Matematika yo‘nalishi 2 kurs talabalari o‘zaro bellashdilar va o‘yin yakunida matematika yo‘nalishi talabalari 5:4 xisobida g‘alaba qozondilar. Tadbirda: Fakultet dekani M.Mahkamov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Ovxunov, o‘quv igshlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.Qo‘shaqov, Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchilaridan Z.Ortiqov, A.Ergashev lar qatnashdilar. O‘yin so‘ngida fakultet dekani M.Mahkamov so‘zga chiqib talabalarga faolliklari uchun minnatdorchilik bildirib, estalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirladi.

Ilhomjon TO‘YCHIEV
Fizika-matematika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.