Andijon Davlat
Universiteti
"Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko'chat ekish aksiyasi o‘tkazildi
2024-03-29    129

Bugun, 29-mart kuni Xoʻjaobod tumanining Karnaychi qishlogʻidagi Andijon davlat universitetining yozgi oromgohida "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida professor-o'qituvchilar hamda ko'ngilli talaba-yoshlar ishtirokida ommaviy ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiyada prorektorlar, fakultet dekanlari, dekan o'rinbosarlari, professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda 50 nafardan ziyod ko'ngilli yoshlar sport va sogʻlomlashtirish oromgohi hududida ming tupdan ziyod manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekdilar. Mazkur oromgohni yashil makonga aylantirish maqsadida barcha birdek faol ishtirok etdi.


Ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida o'tkazilayotgan ushbu aksiya doirasida istiqbolda yana minglab daraxt ko'chatlari o'tqazish rejalashtirilgan.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.