Andijon Davlat
Universiteti
XALQARO ALOQALAR DAVOM ETMOQDA
2018-05-04    4657

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti va Ufa (Rossiya) Neft texnika universiteti o‘rtasida tuzilgan fan va ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashuv, ilmiy tadqiqotlar olib borish to‘g‘risida shartnoma imzolangan bo‘lib, bu shartnoma bo‘yicha ikki universitet o‘rtasida qizg‘in aloqalar olib borilmoqda. Fizika-matematika fakulteti talabalari, magistrantlari bilan uchrashuv va ma’ruzalar o‘tkazish, “Fizika” va “Axbort texnologiyalari” kafedralari yosh o‘qituvchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Ufa neft texnika universiteti professori fizika-matematika fanlari doktori Ne’matjon Raximov fizika-matematika matematika fakultetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida prof. N.Raximov “Lazer fizikasi” mutaxassisligi magistrlariga va “Fizika” ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Zamonaviy lazer texnologiyalari” mavzusida hamda “Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari)” ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Teoriya informatsionnoy bezopasnosti i metodologiya zaщitы informatsii” mavzusida ma’ruzalar o‘qidi. Mehmonning ilmiy ma’ruzalari doktorantlar, yosh tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalarda yangicha fikrlash, ilmiy tadqiqot ishlarini yanada jonlantirishga turtki bo‘ldi va bunday hamkorlik doimiy olib borilishi har tomonlama foydali bo‘ladi.

N.Raximov ma’ruzalarini yakunlaganidan keyin Andijon davlat universiteti fakultetlari, o‘quv binolari va o‘quv jarayoni bilan tanishuv tadbiri o‘tkazildi. Bu tadbir davomida o‘quv-ilmiy jarayonni tashkil etish, dars o‘tish bo‘yicha o‘zaro tajribalar almashildi. O‘quv jarayonini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish bo‘yicha, shuningdek, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, Zamonaviy lazer texnologiyalarining dolzarb muammolari bo‘yicha ikkala universitet olimlari hamkorligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish yuzasidan fikrlar almashildi.

Madaminjon MAHKAMOV
Fizika-matematika fakulteti dekani
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.