Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-906-son, 07.02.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, quvvati 300 kVt va undan yuqori boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash faqat ushbu manbalar maxsus vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi. Shuningdek, “Soliq kodeksi”ga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan generatsiya obyektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlar, daromad sifatida hisobga olinmasligi belgilandi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Batafsil: https://lex.uz/docs/6791832
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI