Andijon Davlat
Universiteti
Toʻlov hujjatlari koʻchirma nusxalarini taqdim etish toʻgʻrisidagi talab bekor qilindi
2024-02-22    535

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-905-son, 07.02.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Unga koʻra, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqqanlik yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji, yigʻimlar yoki boshqa toʻlovlar toʻlanganligi haqidagi toʻlov hujjatlarining koʻchirma nusxalarini taqdim etish toʻgʻrisidagi talab bekor qilindi. Shuningdek, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, OAVni roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi arizani roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan koʻrib chiqish muddati 15 kundan 10 kunga kamaytirildi.

“Advokatura toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, advokatga guvohnoma berish muddati 2 ish kuni etib belgilandi. (Ilgari 3 ish kuni edi)

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi!

Batafsil: https://lex.uz/docs/6791815

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.