Andijon Davlat
Universiteti
Andijonda Navro‘z bayrami keng nishonlanmoqda
2024-03-19    296

Shukuhli bahor kunlarida respublikamizning barcha hududlarida milliy bayramimiz bo'lmish Navro'z bayrami nishonlanib, keng ko'lamli bayram tadbirlari o'tkazilmoqda.

Bugun, 19-mart kuni Yangi Andijon massivida ham ushbu umumxalq bayrami milliy qo'shiq va ashulalarimiz jarangi ostida ko'tarinki ruhda nishonlanib, unda milliy taomlarimiz, shuningdek, dasturxon ko'rki sumalaklar doshqozonlarda pishirilmoqda.

Tadbirda universitetimiz professor-o'qituvchilari, iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan hududning o‘ziga xos milliy urf-odatlari, moziydan meros bo‘lib kelayotgan askiya, laparlar folklor-etnografik va badiiy tomoshalar namoyish qilinmoqda.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.