Respublikada "Navro'z" umumxalq bayramini hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish maqsadida 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan bugun, 16-mart kuni Andijon davlat universitetida "Ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish oyligi" doirasida professor-o'qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida umumxalq hashari bo'lib o'tdi.
O'zaro hamjihatlik asosida tashkil etilgan hashar davomida universitetimiz jamoasi o'zlariga biriktirilgan hududlardagi daraxtlarni oqlab, turli gul ko'chatlari ekdilar va tomorqalarga ishlov berilib, obod holga keltirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI