Andijon Davlat
Universiteti
“Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonun
2024-02-21    688

“Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–903-son, 02.02.2024-y.) Prezident tomonidan imzolandi

Qonun bilan tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi asosiy prinsiplar, sohani davlat tomonidan tartibga solish, tuproq unumdorligini oshirish asoslari va tartibi belgilandi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Yer egalari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutidan oʻziga tegishli yer uchastkasidagi tuproqning sifatini baholash toʻgʻrisida axborot olish huquqiga ega.

Yer egalari shaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni, shuningdek qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning mavjud unumdor qatlamini sidirib olishi va saqlashi shart.

Sidirib olingan tuproqning unumdor qatlamini qurilish tashkilotlari hokimliklar tomonidan belgilangan joylarga saqlash uchun olib chiqadi.

Tuproqning unumdor qatlami sidirib olinmaganligi va saqlanmaganligi fakti aniqlanganda, yetkazilgan zararning oʻrni mahalliy byudjetga qoplanadi. Mazkur pul mablagʻlaridan qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan yerlarni foydalanishga kiritish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun foydalaniladi.

Tuproqni oʻrganish Qishloq xoʻjaligi, Suv xoʻjaligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirliklarining vakolatli tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Batafsil: https://lex.uz/ru/docs/6787881

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.