Andijon Davlat
Universiteti
DIQQAT, TANLOV!
2018-05-04    5467

Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ularning odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklarga qo‘shilib ketishining oldini olish, oliy ta’lim muassasalarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish, yoshlarda odam savdosiga qarshi kurashning mustahkam immunitetini shakllantirish hamda talabalarning ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida talabalar o‘rtasida “Odam savdosi-mudhish jinoyatdir” mavzusidagi “Eng yaxshi insho” va “Eng yaxshi referat” yo‘nalishlarida tanlov o‘tkaziladi.

Tanlov 3 bosqichda bo‘lib:

1-bosqichi oliy ta’lim muassasasining fakultetlari akademik guruhlari talabalari o‘rtasida joriy yilning aprel oyining so‘ngi o‘n kunligida,

2-bosqichi oliy ta’lim muassasasi miqyosida fakultetlararo ularning g‘oliblari o‘rtasida may oyining birinchi o‘n kunligida,

3- bosqichi (yakuniy) respublika oliy ta’lim muassasalari g‘oliblari o‘rtasida joriy yil may oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichida yuqori o‘rinni egallagan talabalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib, ta’lim muassasasi gazeta va jurnallarida yoritiladi.

Tanlovning uchinchi (respublika) bosqichida 1,2,3 o‘rinni egallagan “Odam savdosi-mudhish jinoyatdir” mavzusidagi insholar:

1-o‘rin -1 200 000(bir million ikki yuz ming so‘m)

2-o‘rin -1 000 000(bir million so‘m)

3-o‘rin -800000(sakkiz yuz ming so‘m)

“Odam savdosi-mudhish jinoyatdir” mavzusidagi refaratlar:

1-o‘rin -1 200 000(bir million ikki yuz ming so‘m)

2-o‘rin -1 000 000(bir million so‘m)

3-o‘rin -800000(sakkiz yuz ming so‘m) miqdordagi pul mablag‘lari bilan mukoftlanadi.

Shuningdek, g‘olib talabalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanib, eng sara ijodiy ishlar Respublika gazeta-jurnallarida yoritiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar tanlov haqidagi ma’lumotlarni (tanlov nizomi, shartlarini) fakultet ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari yoki universitet ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘limi uslubchisi Bahodirjon Abdullaevdan olishlari mumkin .

Ma’lumot uchun telefon: 0(374) 223-83-58

Ma'naviy-axloqiy tarbiya bo`limi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.