Andijon Davlat
Universiteti
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qo'shimchalar kiritildi
2024-02-03    388

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–899-son, 19.01.2024-y.) bilan bir qator kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Jumladan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, quyidagilarga nisbatan javobgarlik belgilandi:

Mobil qurilmaning xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodini qonuniy ishlab chiqaruvchining ruxsatisiz oʻzgartirish, xuddi shuningdek ushbu maqsadda maxsus dasturlarni ishlab chiqish, tarqatish yoki ulardan foydalanish BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Bunda huquqbuzarlik sodir etish quroli musodara qilinadi.

Abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonuniy ishlab chiqaruvchining yoki uning qonuniy egasining ruxsatisiz oʻzgartirish yoki uning nusxasini yaratish huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, BHMning 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, oʻtkazish yoki ayirboshlash, litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga yoki maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Bunda kripto-aktivlarni hamda mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari musodara qilinadi.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Mayning faoliyatini belgilangan tartibni buzgan holda amalga oshirish, mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, 5 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga yoki maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shugʻullanish, kripto-aktivlarni hamda huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Batafsil: https://lex.uz/docs/6763724

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.