Andijon Davlat
Universiteti
8-mart – "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o'tkazildi
2024-03-07    434

Andijon davlat universitetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan universitet maʼmuriyati tomonidan ayol professor-o’qituvchi va ishchi-xodimalar uchun “Sen, aziz va muqaddassan ayol!” nomli tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Tantanali tadbirda universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev so’zga chiqib, Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oliygohimizning barcha munis va mehribon ayollarini, go’zal va betakror qizlarini o’zining samimiy tilaklari bilan tabriklab, tadbirni ochib berdi.

Tadbir avvalida ta'lim muassasamizda mehnat faoliyatini olib borayotgan barcha xotin-qizlarga bayram tilaklari bitilgan tabriknoma hamda gullar topshirdi.

Tadbir davomida bayram munosabati bilan ayol professor-o'qituvchilar o'rtasida o'tkazilgan sport musobaqalari g'oliblari rektor tomonidan taqdirlandi.

Barchaga unutilmas onlarni hadya etgan bayram tadbirida Pedagogika va san'atshunoslik fakultetining o'qituvchilari, xushovoz san’atkorlar, yosh ijodkorlar tomonidan jozibali kuy va qo‘shiqlar ijro etilganligi kechaga yanada fayz ulashdi.


Tadbirda yangragan barcha samimiy tilaklar har bir xotin-qizlarimizning yuzlarida quvonch, tabassum va minnatdorchilik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.