Andijon davlat universitetida talaba-qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan universitet xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahat kengashi tomonidan "Qizlar davrasi" ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Bugun, 5-mart kuni universitetning katta majlislar zalida fakultetlar bosqichida 1-o‘rinni egallab, universitet bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan 8 nafar iqtidorli, zukko, tashabbuskor qizlar oʻrtasida "Qizlar davrasi" ko‘rik-tanlovining yakuniy universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovni universitet birinchi prorektori Xurshidbek Xodjamberdiyev oʻzining bayram tabriklari, samimiy tilaklari bilan ochib berdi va tadbir ishtirokchilariga omad tiladi.
Tanlov davomida qizlar ifodali tanishtiruv chiqishlari, pazandalik, maishiy sohadagi bilim va malakalari, badiiy adabiyot mutolaasi, o‘z qiziqishlari hamda ijodkorlik mahoratlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Tanlov qatnashchilarining chiqishlarini nizom asosida adolatli va shaffof tarzda baholab bordi.
Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra:
1-oʻrinni Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Zulxumor Xotamova;
2-oʻrinni Filologiya fakulteti talabasi Umida Tursunaliyeva;
3-oʻrinni Matematika fakulteti talabasi Bibirobiya Ibrohimjonova hamda Pedagogika va san'antshunoslik fakulteti talabasi Mohlaroyim Solijonovalar qoʻlga kiritdi.
Tadbir so’nggida g'oliblar hamda faol ishtirok etgan iqtidorli talabalar rektor tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI