Bugun, 4-mart kuni Andijon davlat universitetida Yevropa Ittifoqi, "Hamroh" nodavlat notijorat tashkiloti, "Yuksalish" harakati hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida "Yoshston: yoshlar yo'nalishidagi fuqarolik jamiyati tashkilotlarining imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasiga ba'g'ishlangan seminar-trening bo'lib o'tdi.
Tadbir avvalida mutaxassislar tomonidan loyihaning maqsad-vazifalari: mahalliy yoshlarning O'zbekistonda yoshlar masalasiga oid huquqiy ma'lumotlar va axborotlardan foydalanishga ko'maklashish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada mustahkamlash bo'yicha tushunchalar berildi.
Shundan so'ng, kun tartibidagi masalalar yuzasidan loyiha mas'ullarining Yoshlarni O'zbekiston Respublikasida yoshlar masalalariga oid mavjud qonunlar va konstitutsiyaviy huquqlarni himoya qilish tizimlari to'g'risidagi xabardorligini oshirish orqali dezinformatsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi ma'ruzalari tinglandi.
Seminar yakunida kun mobaynidagi mavzular yuzasidan so'rovnoma o'tkazilib, loyiha doirasida ishtirokchilarning taklif va fikrlari tinglandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI